Neoline SmartWay

Neoline SmartWay

Android Auto va Apple CarPlay funksiyalariga ega multimediya 4K-videoregistrator

Mahsulot haqida

о продукте 1 о продукте 2
4K sifatAuto ulanishTezkor ulanish

Yuqori aniqlikdagi 4K video yozuv

Videoregistrator 3840x2160 (4K) formatda tasvirni yozib oladi. Bu yo’l belgilari, avtomobil raqamlari va boshqa mayda tafsilotlarni istalgan yorug’likda aniq ko’rish imkonini beradi. Aniq va informatsion yozuvlar noxush holatlarda sizning haqligingizni isbotlashda yordam beradi.

4K sifat

Mashhur ilovalar bilan to’liq integratsiya

Neoline SMARTWAY Android Auto va Apple CarPlay tizimlariga avtomatik ulanadi, shuningdek Screen Mirror funksiyasi orqali telefon ekranini aks ettirish imkonini beradi. Onlayn navigatsiya, musiqa, video ko’rish, messenjerlar va boshqa mashhur servislar bilan ishlash oson va qulay.

Auto ulanish

Smartfonga darhol va barqaror ulanish

Zamonaviy Wi-Fi 2.4 & 5.0 GHz hamda Bluetooth 5.0 texnologiyalari orqali har qanday smartfon bilan tez va ishonchli ulanish ta’minlanadi. Qo’shimcha sozlash talab etilmaydi.

Tezkor ulanish
slider photo

Avtomobil akustikasiga avtomatik ovoz uzatish

Agar smartfon avtomobil multimedia tizimiga allaqachon ulangan bo’lsa, SMARTWAY’ni alohida ulash shart emas. Videoregistrator ovozi Android Auto yoki Apple CarPlay orqali avtomobil akustikasiga avtomatik translyatsiya qilinadi.

slider photo

6 dyuymli katta sensorli ips-displey

SMARTWAY’ning 6 dyuymli sensorli IPS-displeyi kamera yozuvlaridagi barcha tafsilotlarni aniq ko’rish imkonini beradi. Smartfon Apple CarPlay yoki Android Auto orqali ulanganida, ekran ikkiga bo’linib, bir vaqtning o’zida ikkita ilovani ochish mumkin — masalan, navigatsiya va musiqa ilovasi.

slider photo

Moslashtirilgan o’rnatish usullari

Komplektda ikkita o’rnatish uskunasi mavjud: 3M yopishqoq lentali ushlagich — panelga o’rnatish uchun, vakuumli so’rg’ichli moslama — old oynaga mahkamlash uchun. Qurilmani magnit halqa yordamida tezda olib tashlash yoki qayta o’rnatish mumkin.

slider photo

IP67 himoyali ikkinchi kamera

Qo’shimcha Full HD orqa kamera salon ichidagi yoki avtomobil orqasidagi holatlarni yozib olish uchun mos. Uni salondagi orqa oynaga yoki tashqarida raqam ramkasi ustiga o’rnatish mumkin. Bu IP67 standarti qurilmaga suv, qum va kir kirishidan himoya qiladi, bu esa yilning istalgan faslida barqaror ishlashni kafolatlaydi.

neoline photo
Parkovka yordamchisi

Orqa vites yoqilganda kamera tasviri avtomatik tarzda to’liq ekranga uzatiladi*. Unda harakat traektoriyasi va ob'ektlarga nisbatan taxminiy masofa ko’rsatiladi. Bu esa parkovkani oson, xavfsiz va aniq qiladi. *Orqa vites chirog’i simlariga maxsus quvvat kabelini ulash kerak. Ulanish bo’yicha batafsil ma’lumot qo’llanmada mavjud.

Wi-Fi orqali videofayllarni tez yuklab olish

Viidure mobil ilovasi orqali smartfoningizda videofayllarni ko‘rish, fayllarni boshqarish va qurilma sozlamalarini o’zgartirish mumkin. Kerakli yozuvlarni smartfon xotirasiga yuklab olib, videoxostinglarga joylashtirish yoki messenjer orqali yuborish mumkin.

Parkovka rejimidagi xavfsizlik yozuvi

Avtomobil qarovsiz qolganida, tizim doimiy kuzatuvni ta’minlaydi — vandalizm yoki noto’g’ri parkovka holatlariga qarshi himoya**. G-sensor ishga tushganda yozuv avtomatik boshlanadi. Old va orqa kameralar atrofdagi voqealarni deyarli to’liq qamrab oladi. **Doimiy quvvat olish uchun sigorta blokiga ulanadigan maxsus kabel talab qilinadi (bu kabel komplektga kiritilmagan).

Neoline SmartWay

Neoline SMARTWAY videoregistratori 4K aniqlikda yuqori sifatli va kontrastli tasvirni taqdim etadi — har qanday yorug’lik sharoitida ham. Android Auto, Apple CarPlay va Screen Mirror funksiyalari orqali navigatsiya, messenjerlar va smartfon ekranini 6 dyuymli katta sensorli IPS-displeyda namoyish qilish imkonini beradi. Wi-Fi 2.4 & 5.0 GHz va Bluetooth 5.0 texnologiyalari tezkor va barqaror ulanishni ta’minlaydi. Komplektda ikkita o’rnatish moslama bor, bu esa videoregistratorni istalgan joyga qulay o’rnatish imkonini beradi. IP67 himoyasiga ega orqa kamera orqa vites yoqilganda ekran orqali tasvirni ko’rsatadi.

Ko'rsatmalar va fayllar