Neoline X-COP S700

Neoline X-COP S700

Yashirin o‘rnatiladigan signaturali radar kompleksi, signalni kuchaytiruvchi kaskad bilan

Yashirin o‘rnatish EXD 2.0Katta rupor

Yashirin o‘rnatish

Neoline X-COP S700 radar kompleksi avtomobilga yashirin o‘rnatish uchun mo‘ljallangan professional qurilmadir. Kompleksning barcha elementlari salon va kapot osti qismida ixcham joylashtiriladi. Ishonchli kabel ulanishi butun qurilmaning barqaror ishlashini ta’minlaydi. Haydovchining ko‘rish maydonini to‘sib qo‘ymaydi, chunki qurilma elementlarini old oynaga o‘rnatish talab etilmaydi. Nostandart oynalarga ega premium avtomobillar uchun ideal yechim!

Yashirin o‘rnatish

EXD 2.0 Moduli (signalni kuchaytiruvchi kaskad)

NEOLINE kompaniyasining politsiya radarlarini maksimal uzoq masofadan aniqlash uchun yaratilgan eng so‘nggi ishlanmasi. Signalni ketma-ket qayta ishlovchi komponentlar kuchsiz yuqori chastotali impulslarni kuchaytiradi va bir vaqtning o‘zida shovqinlarni bostiradi. Natijada politsiya radarlarini uzoq masofadan aniqlash hamda maksimal xalaqitlardan himoyalanish ta’minlanadi. Maxsus EXD 2.0 moduli O‘zbekistondagi radar komplekslarini aniqlash uchun to‘liq moslashtirilgan.

EXD 2.0

Katta tashqi rupor

X-COP S700 radar bloki kapot osti qismiga - radiatorning dekorativ panjarasi ortiga yoki avtomobil bamperiga o‘rnatiladi. Ushbu modulga o‘rnatilgan maxsus katta rupor O‘zbekistondagi barcha zamonaviy politsiya radarlarini yanada uzoq masofadan aniqlashni ta’minlaydi.

Katta rupor
slider photo

Tashqi OLED displey

Oldinda joylashgan politsiya radar va kameralari haqidagi barcha zarur ma’lumotlar ixcham va zamonaviy OLED displeyda aks etadi. Uni haydovchi uchun qulay bo‘lgan istalgan joyga o‘rnatish mumkin. OLED displey X-COP S700 yashirin radar kompleksining ko‘rinib turadigan yagona elementi hisoblanadi.

slider photo

To‘liq signaturalar kutubxonasi

Har bir impulsli politsiya radari o‘ziga xos signal turiga, ya’ni «signaturaga» ega. NEOLINE muhandislari O‘zbekistondagi barcha politsiya radarlarining signaturalari kutubxonasini yaratdilar. «Signaturali» va «Trassa» rejimlarida X-COP S700 politsiya radarining turini uning signaturasi orqali aniqlaydi. Bunda qolgan barcha signallar (jumladan, yolg‘on signallar) bloklanadi. Signaturalar kutubxonasi radar kompleksining dasturiy ta’minoti tarkibiga kiradi va O‘zbekistda yangi radar komplekslari paydo bo‘lishi bilan muntazam to‘ldirib boriladi.

slider photo

O‘zbekiston radar va kameralarining noyob GPS-bazasi

An’anaga ko‘ra, NEOLINE qurilmalarida MDH (shu jumladan Rossiya) hamda xalqaro kamera va radarlar bazalari mavjud. Jami 120 mingdan ortiq nuqta qamrab olingan. Ammo biz bundan ham ilgarilab, X-COP S700 uchun raqobatchilarda o‘xshashi bo‘lmagan, O‘zbekiston bo‘yicha eng to‘liq va noyob GPS-bazani taqdim etdik.

slider photo

Tashqi GPS antennasi

Tashqi GPS antennasi sun’iy yo‘ldoshlar bilan maksimal tez va barqaror ulanishni ta’minlaydi, chunki uni avtomobil salonidan tashqariga o‘rnatish mumkin. Atermal old oynali yoki isitiladigan old oynaga ega premium avtomobillar uchun ideal yechim!

photo 2

Z-signatura filtri

Z-signatura filtri boshqa avtomobillarning ko‘r zona datchiklari, transport oqimi datchiklari, avtomatik eshiklar va shlagbaum sensorlari kabi turli xalaqit manbalaridan keladigan yolg‘on signallarni bartaraf etish uchun ishlab chiqilgan. Bunda boshqa ishlab chiqaruvchilarning o‘xshash texnologiyalaridan farqli ravishda, haqiqiy politsiya radarlarining signallari noto‘g‘ri bloklanmaydi.

photo 3

Ovozli ogohlantirishlar

X-COP S700’da o‘zbek va rus tillaridan birini tanlash mumkin. Shuningdek, radar-detektor ovozli xabarlari uchun foydalanuvchiga 1 ta erkak va 3 ta ayol ovozi taklif etiladi.

photo 4

Proshivka va GPS-bazani yangilash

X-COP S700’da proshivka va GPS-bazani yangilashning qulay usuli joriy etilgan. Buning uchun kommutatorga ulanadigan tashqi USB OTG kabeli qo‘llaniladi va u haydovchi uchun qulay joyga (masalan, qo‘lqop qutisiga) chiqariladi. Yuklab olingan proshivka va GPS-bazasi yozilgan USB xotira qurilmasini ushbu kabelga ulash kifoya. Qurilma yoqilganda yangilanish avtomatik tarzda amalga oshadi.

photo 4

Koreyada ishlab chiqarilgan - O‘zbekiston uchun

NEOLINE X-COP S700 - avtomobil elektronikasi sohasidagi yetakchi koreyalik mutaxassislar tomonidan yaratilgan qurilma. Modelni O‘zbekiston yo‘llarida radarlarni maksimal samarali aniqlash uchun moslashtirish va sinovdan o‘tkazish ishlari bevosita O‘zbekiston yo‘llarida amalga oshirilgan.

Neoline X-COP S700

  • Yashirin o‘rnatish
  • EXD 2.0 moduli – signalni kuchaytiruvchi kaskad
  • To‘liq signaturalar kutubxonasi
  • Katta tashqi rupor
  • Butun dunyo bo‘yicha GPS kamera va radarlar bazasi: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Rossiya, Yevropa va boshqalar
  • Tashqi OLED displey
  • Z-signatura filtri
  • Tashqi GPS antennasi
  • Koreyada ishlab chiqarilgan